HSK 4 Standart darsligi

Nashr yili: 2024

ISBN: 978-9910-9481-2-1

978-9910-9481-3-8

Tili: Xitoycha, O'zbekcha

Muqova: yumshoq

Betlar soni: 304



Mualiflar:

Jiang Liping — Pekin til va madaniyat universitetining Xitoy tili tayyorlov fakulteti professori. Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari xorijliklarga xitoy tilini o‘rgatish nazariyasi, ta’lim metodologiyasi va darsliklar tadqiqotini o‘z ichiga oladi.


Qisqacha mazmuni:

HSK 4 darajasi uchun mo‘ljallangan xitoy tili darsligi — bu xitoy tilini o‘rta darajagacha rivojlantirishni maqsad qilgan o‘quvchilar uchun tuzilgan mukammal o‘quv qo‘llanmadir. Darslikda kundalik hayot, ish, o‘qish, munosabatlar, madaniyat kabi mavzularda erkin muloqot qilishga imkon beruvchi lug‘at va grammatik materiallar jamlangan.

Kitobda 600 dan ortiq yangi so‘zlar, murakkab gap tuzilmalari, sinonimlar, antonimlar, bog‘lovchi va yordamchi so‘zlarning ishlatilishi, zamon va fe’l ko‘rinishlariga oid tushunchalar keltirilgan. Har bir darsda eshitish, o‘qish, yozish va gapirish bo‘yicha mashqlar, muloqot asosidagi topshiriqlar, qisqa matnlar va dialoglar mavjud. Shu bilan birga, har bir mavzuga doir madaniy eslatmalar o‘quvchining til bilan birga milliy mentalitetni ham anglashiga xizmat qiladi.

HSK 4 darajasida o‘quvchidan murakkab bo‘lmagan matnni o‘qib tushunish, o‘z fikrini yozma va og‘zaki tarzda bayon qilish, turli mavzular yuzasidan fikr almashish kabilar talab qilinadi. Mazkur darslik aynan mana shu ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan. Har bir bo‘lim yakunida bilimlarni mustahkamlovchi testlar va savollar keltirilgan.

Darslik xitoy tilini o‘rta darajada egallamoqchi bo‘lgan talabalar, xitoy tili kursi tinglovchilari, o‘z bilimini mustaqil ravishda chuqurlashtirayotgan o‘quvchilar hamda HSK 4 imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun juda foydali manbadir.

99 990
UZS
129 000
UZS
Kitobning suratlari
Buyurtma berish qanday amalga oshiriladi?
Tanlov
Nashriyotimiz kitoblari bilan tanishib, o'zingizga kerak kitoblarni tanlang
Aloqa
Telegram orqali menejerlarimiz bilan bog'laning
To'lov
To'lovni qulay uslub (Click, Payme, bank kartasi, naqd) da amalga oshiring
Yetkazish
To'lovni qabul qilgach, kitoblar kuryerlarimiz yoki pochta orqali yuboriladi
Boshqa kitoblar