Nashr yili: 2024 ISBN: 978-9910-9481-9-0 Tili: Rus Muqova: yumshoq Betlar soni:116
Muallif: Jia Lejun
Qisqa mazmuni: Kitob Xitoy va Rossiya ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni oʻrganishga bagʻishlangan. Kitobda ikki davlat ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning tarixiy rivojlanishi 1920-yillardan to hozirgi kungacha tahlil qilinadi. Asar, asosan, Xitoyning Sovet matbuoti modelidan ilhom olishi va XXI asrdagi teng huquqli hamkorlikka erishish yoʻlidagi evolyutsiyaga bagʻishlangan. Kitobda ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlikning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, madaniy farqlar va siyosiy yoʻnalishlar kabi mavjud muammolar ham yoritib oʻtilgan. Muallif bu ikki davlat xalqalari oʻrtasidagi chuqur oʻzaro tushunishni mustahkamlash uchun ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidlaydi. Ushbu asar Xitoy va Rossiya ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni oʻrganishni istagan tadqiqotchilar va ushbu sohadagi mutaxassislar uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.