Nashryili: 2025 ISBN: 978-9910-8890-5-9 Tili: O'zbek, Xitoy Muqova: yumshoq Betlar soni: 108
Mualliflar:
Qisqa mazmuni: O‘zbekcha gaplashamiz — bu o‘zbek tilini amaliy muloqot darajasida o‘rganishni istaganlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy qo‘llanma. Kitobda kundalik hayotda eng ko‘p uchraydigan vaziyatlar bo‘yicha dialoglar, savol-javoblar, so‘z birikmalari va iboralar keltirilgan. Har bir bo‘limda mavzuga mos lug‘atlar, grammatik izohlar va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar mavjud. Dialoglar hayotiy misollar asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchiga real vaziyatlarda ishonch bilan so‘zlash imkonini beradi.
Kitob o‘zbek tilini yangi o‘rganuvchilar uchun ham, o‘z bilimini mustahkamlashni istaganlar uchun ham foydali. Undagi materiallar talabalarga, til kurslari tinglovchilariga, o‘qituvchilarga va mustaqil o‘rganuvchilarga birdek mos keladi. Qo‘llanma orqali o‘quvchi nafaqat til qoidalarini, balki o‘zbek xalqining kundalik madaniyatini, urf-odatlarini va til ohangini ham o‘zlashtiradi.