“Ish muhitida xitoy tili” hamda “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va parvarishlash” o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari bo'yicha mualliflik huquqini olish bo'yicha tadbir
2025-yil 5-iyul kuni Toshkent shahrida Xitoyning Jiangsu provinsiyasi, Nankin shahridan tashrif buyurgan Phoenix Publishing & Media Group vakillari ishtirokida muhim hujjat – mualliflik huquqi shartnomasi imzolandi.
Mazkur shartnoma “Ish muhitida xitoy tili” hamda “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va parvarishlash” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni Silk Road Publishing nashriyotida chop etishni ko‘zda tutadi.

Tadbirda o‘zaro tanishtiruvdan so‘ng, tashkilotlarning faoliyati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, kasbiy ta’limni rivojlantirish, tillarni amaliy o‘qitish hamda nashriyot sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur hamkorlikni mustahkamlash va uni uzoq muddatli strategik aloqalarga aylantirish borasida o‘zaro intilish bildirganliklarini ta’kidladilar hamda esdalik sovg'alari almashdilar.