Yangiliklar

Shaanxi Xinhua Publishing Media Group bilan yangi hamkorlik

Shaanxi Xinhua Publishing & Media Group bilan yangi hamkorlik
2025-yil 7-iyul sanasi Toshkent shahrida Shaanxi Xinhua Publishing & Media Group bilan yangi hamkorlik yuzasidan uchrashuv o'tkazildi.
O‘zaro tanishtiruvdan so‘ng, tashkilotlarning faoliyati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Mehmonlar uchrashuv davomida nashriyotimiz tomonidan chop qilingan adabiyotlar bilan tanishishdi.
Shaanxi Xinhua Publishing & Media Group tarkibidagi Tai Bai adabiyot va san'at nashriyoti bilan "Chang'andan Rimgacha: Xan va Tang sulolalari davrida Ipak yo'li bo'ylab sayohat" asarini o'zbek tilida nashr etish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro esdalik sovg'alari almashishdi.