Nashr yili: 2022 ISBN: 978-9943-8110-2-7 Tili: oʻzbek (kirill) Muqova: yumshoq Betlar soni:168
Muallif haqida: Daho adib Edgar Allan Po (1809–1849) nafaqat detektiv, balki fantastika janrining ham asoschisidir. Uning asarlari Jyul Vern, Gerbert Uells, Artur Konan Doyl kabi yozuvchilarni ilhomlantirgan.
Qisqa mazmuni: Sizga taqdim etilayotgan hikoyalarda qahramonlar Oyga parvoz qilishadi, kelajakdan maktub yuborishadi, ummon ustida havo sharida uchishadi, qadimiy moʻmiyoni tiriltirishadi, temirni oltinga aylantirishadi, oʻtmishdan bugungi zamonga sayohat qilishadi, bir haftada uch marotaba yakshanba kuniga guvoh boʻlishadi, ulkan girdob ichida hayot-mamot uchun kurash olib borishadi, inson tasavvurining betakror va kutilmagan qirralarini kashf qilishadi, sirli kemada xavfli sarguzashtlarni boshdan kechirishadi, boshqa vujudga koʻchib oʻtishadi hamda gʻaroyib orolga tushib qolishadi. Bu hikoyalar muallifning boy tasavvuri va sirli voqealarni tasvirlashdagi mahorati bilan ajralib turadi. Har bir sarguzasht hayratomuz syujetlar bilan toʻldirilgan boʻlib, oʻquvchini noodatiy va sirli dunyolarga olib kiradi.