Muallif: Chju Yongsin Nashryili: 2025 ISBN: 978-9910-8069-4-0 Tili: Oʻzbek Muqova: yumshoq Betlar soni: 80
Muallif haqida: Chju Yongsin xitoylik mashhur pedagog, olim va jamiyat arbobi.
Qisqa mazmuni: She'riy to'plamda ta’limga bo‘lgan muhabbat, o‘qituvchilik mas’uliyati, bolalarning orzulari va insoniy qadriyatlar badiiy tilda ifoda etilgan. She’rlar oddiy va samimiy, lekin chuqur ma’no va ruhiy teranlikka ega bo‘lib, har bir o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi qalbiga yetib boradi. Muallif ushbu she’riy shakl orqali ta’limni — faqat bilim berish emas, balki yurakdan yurakka nur ulashish, insonni kamolga yetkazish yo‘li sifatida tasvirlaydi. Kitobda zamonaviy ta’lim muammolari, bolalarning tabiiy ehtiyojlari, ustozlik burchi va oila tarbiyasi kabi mavzular nozik lirika va donishmandlik bilan yoritilgan. Kitob Xitoyda katta e’tibor qozongan, ayrim she’rlari kuylab ijro etilgan hamda ingliz, koreys, turk, nepal, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Bu she’riy to‘plam — nafaqat ta’lim sohasi vakillari, balki qalbi go‘zallikni his qiluvchi har bir inson uchun ilhom manbaidir.