乌兹别克斯坦集体化进程中的政治镇压与被流放农民的状况
Muallif: Rasulov Baxtiyor Mahmudjanovich
Nashr yili: 2025
ISBN: 978-9910-8890-3-5
Tili: Xitoy
Muqova: yumshoq
Betlar soni: 176

Muallif haqida: Tarix fanlari doktori, professor. Ilmiy yo'nalishi sovet hokimyatining siyosiy qatag'on siyosati tarixini tadqiq qilishga bag'ishlangan. 8 ta monografiya va 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.


Qisqa mazmuni:

Mazkur ilmiy tadqiqot asari O‘zbekiston hududida 1929–1959-yillar oralig‘ida amalga oshirilgan kollektivlashtirish siyosatining mahalliy aholi, ayniqsa dehqonlar taqdiriga qanday ta’sir ko‘rsatganini chuqur tahlil qiladi. Kitobda sovet totalitar tuzumi tomonidan olib borilgan siyosiy repressiyalar, “kulak” deb e’lon qilingan dehqonlarning fuqarolik va siyosiy huquqlardan mahrum etilishi, ommaviy surgunlar, majburiy mehnat lagerlariga jo‘natish, shuningdek, urush yillarida ularning mehnat armiyasiga jalb etilishi kabi murakkab tarixiy jarayonlar hujjatlar, arxiv materiallari, guvohliklar va xalq og‘zaki yodnomasiga asoslanib yoritiladi.


Tadqiqotda, shuningdek, kollektivlashtirishga qarshi bo‘lgan ommaviy norozilik namoyishlari, ayollar ishtirokidagi chiqishlar, qurolli harakatlar va ularning qanday tarzda bostirilgani haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Kitob O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy tarixidagi muhim va fojeali davrni o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash, sobiq Sovet davlati tomonidan zulmga uchragan oddiy insonlar taqdirini yoritishda alohida ahamiyatga ega.


Mazkur asar tarixchilar, siyosatshunoslar, huquqshunoslar, jurnalistlar, shuningdek, O‘zbekistonning yaqin o‘tmishini chuqurroq tushunishni istagan keng kitobxonlar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan.

99 990
UZS
129 000
UZS
Kitobning suratlari
Buyurtma berish qanday amalga oshiriladi?
Tanlov
Nashriyotimiz kitoblari bilan tanishib, o'zingizga kerak kitoblarni tanlang
Aloqa
Telegram orqali menejerlarimiz bilan bog'laning
To'lov
To'lovni qulay uslub (Click, Payme, bank kartasi, naqd) da amalga oshiring
Yetkazish
To'lovni qabul qilgach, kitoblar kuryerlarimiz yoki pochta orqali yuboriladi
Boshqa kitoblar